«oltin» tegli maqolalar


DXX salkam 1,4 kg oltinni Qirg‘izistonga olib chiqib ketayotgan shaxslarni ushladi
8 may 2024, 15:07

DXX salkam 1,4 kg oltinni Qirg‘izistonga olib chiqib ketayotgan shaxslarni ushladi

Andijondan Qirg‘izistonga o‘tuvchi chegara postlarida jami salkam 1,4 kg oltindan iborat buyum va qotishmalarni noqonuniy olib chiqib ketishga uringanlar ushlandi.

Oltin narxi ko‘tarilishi fonida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari oshishda davom etmoqda
8 may 2024, 13:08

Oltin narxi ko‘tarilishi fonida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari oshishda davom etmoqda

Jahon bozorida oltin narxining ko‘tarilishi fonida aprel oyida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 35,1 mlrd dollarga yetdi. Zaxiradagi qimmatbaho metallning fizik hajmi 1,24 tonnaga kamaydi va 2022-yilning may oyidan buyon minimal darajada bo‘lib qolmoqda.

Dehli aeroportida ikki o‘zbekistonlik 5 kg oltin bilan qo‘lga olindi
8 may 2024, 10:15

Dehli aeroportida ikki o‘zbekistonlik 5 kg oltin bilan qo‘lga olindi

Dehlidagi Indira Gandi xalqaro aeroportida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi noqonuniy ravishda 5 kg oltin olib o‘tayotganda bojxona xodimlari tomonidan ushlandi. Ularga nisbatan tergov harakatlari boshlangan.

O‘zbekiston martda ham oltin sotish bo‘yicha dunyoda birinchilikni saqlab qoldi
6 may 2024, 17:29

O‘zbekiston martda ham oltin sotish bo‘yicha dunyoda birinchilikni saqlab qoldi

Mart oyida ham O‘zbekiston 11 tonna ko‘rsatkich bilan dunyoda eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi. Fevralda 12 tonna qimmatbaho metall sotilgandi.

O‘zbekiston mart oyida 1,35 mlrd dollarlik oltin eksport qildi
23 aprel 2024, 18:02

O‘zbekiston mart oyida 1,35 mlrd dollarlik oltin eksport qildi

Mart oyida O‘zbekiston 1,35 mlrd dollarlik, yil boshidan buyon esa 2,66 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bu mamlakat umumiy eksportining 41,7 foizini tashkil etadi.

Martda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari salkam 2 mlrd dollarga ko‘paydi. Zaxiradagi oltin hajmi kamaydi
8 aprel 2024, 12:57

Martda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari salkam 2 mlrd dollarga ko‘paydi. Zaxiradagi oltin hajmi kamaydi

Mart oyida oltin narxining ko‘tarilishi fonida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari deyarli 2 mlrd dollarga ko‘paydi. Zaxiradagi oltin miqdori salkam 1,3 mlrd dollarga oshganiga qaramay, uning fizik hajmi 12 tonnaga kamaygan.

O‘zbekiston fevral oyida oltin sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi
3 aprel 2024, 18:40

O‘zbekiston fevral oyida oltin sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi

Fevral oyida O‘zbekiston 12 tonna qimmatbaho metall sotgan holda dunyoda eng ko‘p oltin sotuvchiga aylandi. 2023-yilda mamlakat oltin sotish bo‘yicha ikkinchi bo‘lgandi.

O‘zbekiston 2023-yilda dunyoda eng ko‘p oltin sotgan ikkinchi mamlakat bo‘ldi
6 fevral 2024, 11:42

O‘zbekiston 2023-yilda dunyoda eng ko‘p oltin sotgan ikkinchi mamlakat bo‘ldi

2023-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda ikkinchi eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi. Oltin bo‘yicha sof savdo 25 tonnadan ortiqni tashkil etib, birinchilikni egallagan Qozog‘istondan ikki barobar kam ko‘rsatkichni qayd etdi. Shuningdek, mamlakat dekabr oyida 9 tonna oltin xarid qildi.

Prezident NKMK, OKMK, “O‘zmetkombinat” va “Navoiyuran”ni rivojlantirish loyihalari bilan tanishdi
2 fevral 2024, 13:09

Prezident NKMK, OKMK, “O‘zmetkombinat” va “Navoiyuran”ni rivojlantirish loyihalari bilan tanishdi

Prezident Navoiy va Olmaliq KMK, “O‘zmetkombinat” va “Navoiyuran”ni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. NKMK oltin zaxiralarini 1000 tonnaga oshirishni, OKMK mis ishlab chiqarishni 170 ming tonnaga yetkazishni, “O‘zmetkombinat” esa ishlab chiqarish tannarxini 20 foizga kamaytirishni reja qilmoqda.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2023-yilda 1,2 mlrd dollarga kamaydi
8 yanvar 2024, 14:11

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2023-yilda 1,2 mlrd dollarga kamaydi

Dekabrda O‘zbekiston xalqaro zaxiralari ko‘paydi, biroq 2023-yil bo‘yicha mamlakatning “moliyaviy yostiqchasi” 1,2 mlrd dollarga kamayib, 34,56 mlrd dollarni tashkil etdi. Yillik hisobda zaxiralar kamayishi 2018-yildan beri ilk marta kuzatildi. Oltinning fizik hajmi yil davomida deyarli 25 tonnaga kamaydi.

Uchinchi chorakda O‘zbekiston oltin sotib olish bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinni egalladi
1 noyabr 2023, 12:23

Uchinchi chorakda O‘zbekiston oltin sotib olish bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston uchinchi chorak yakunlariga ko‘ra oltin xarid qilish bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinni egalladi. Markaziy bank ushbu davrda 7 tonna oltin sotib olgan.

Markaziy bank yana qariyb 2 mlrd dollarlik valyuta intervensiyalarini amalga oshirdi
30 oktabr 2023, 19:44

Markaziy bank yana qariyb 2 mlrd dollarlik valyuta intervensiyalarini amalga oshirdi

Uchinchi chorakda O‘zbekiston Markaziy banki 19,5 trln so‘mga oltin sotib oldi, biroq 22,8 trln so‘mlik (1,9 mlrd dollar) valyuta intervensiyalarini amalga oshirdi.

O‘zbekiston oltin eksportini 5,64 mlrd dollarga yetkazdi. Bu butun 2022-yildagidan ko‘p
22 avgust 2023, 21:11

O‘zbekiston oltin eksportini 5,64 mlrd dollarga yetkazdi. Bu butun 2022-yildagidan ko‘p

Dastlabki yetti oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb 35 mlrd dollarga (+23,3 foiz) yetdi. 5,6 mlrd dollarga yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 barobar ko‘proq oltin sotildi. Oziq-ovqat, neft mahsulotlari, ko‘mir, avtomobillar importi o‘sdi.

JPMorgan 2024-yilda oltin narxi rekord darajada ko‘tarilishini bashorat qilmoqda
27 iyul 2023, 23:35

JPMorgan 2024-yilda oltin narxi rekord darajada ko‘tarilishini bashorat qilmoqda

JPMorgan oltin narxi 2024-yilda rekord darajaga — bir unsiyasi 2175 dollargacha ko‘tarilishini kutmoqda. Bu, ekspertlarning fikriga ko‘ra, yaqinda asosiy stavkani 22 yil ichida maksimal darajaga ko‘targan AQSh Federal zaxira tizimining pul-kredit siyosatini yumshatishi fonida sodir bo‘ladi.

O‘zbekiston may oyida oltin sotish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi
7 iyul 2023, 15:18

O‘zbekiston may oyida oltin sotish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi

May oyida O‘zbekiston xorijga 11 tonna oltin sotib, dunyoda oltin sotish bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqdi. Turkiya 63 tonna ko‘rsatkich bilan qimmatbaho metall savdosi bo‘yicha yana mutlaq yetakchiga aylandi.

Namanganda sof quyma oltinlarni 20 ming dollarga sotayotganlar qo‘lga olindi
15 iyun 2023, 09:21

Namanganda sof quyma oltinlarni 20 ming dollarga sotayotganlar qo‘lga olindi

Davlatobod tumanida sof quyma oltinlarni 20 ming dollarga sotayotgan ikki shaxs ushlandi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, oltin bahosi 222,8 mln so‘mga baholangan.

Dehli aeroportida 16,5 kg oltinni olib o‘tayotgan ikki O‘zbekiston fuqarosi ushlandi
14 iyun 2023, 15:39

Dehli aeroportida 16,5 kg oltinni olib o‘tayotgan ikki O‘zbekiston fuqarosi ushlandi

Hindistonning Indira Gandi xalqaro aeroportida qiymati 125 ming dollardan ziyod bo‘lgan 16,5 kg oltinni olib o‘tayotgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

DXX 1 kilogramdan ortiq oltin va 838 gramli yoqut toshining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
11 iyun 2023, 16:33

DXX 1 kilogramdan ortiq oltin va 838 gramli yoqut toshining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi

DXX xodimlari tomonidan 1 kilogramdan ziyodroq og‘irlikdagi 999 probali oltin bo‘laklari va 838 gramli yoqut toshining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Ularning umumiy narxi 1,27 mlrd so‘mdan oshadi.

O‘zbekiston oltin qazib olishni 1,5 barobarga oshirmoqchi
27 aprel 2023, 15:30

O‘zbekiston oltin qazib olishni 1,5 barobarga oshirmoqchi

O‘zbekiston oltin qazib olishni qariyb bir yarim barobarga, ya’ni 150 tonnagacha oshirishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston yanvarda 1,2 mlrd dollarga oltin eksport qildi. Bu umumiy eksport hajmining yarmidan ko‘pini tashkil etadi
22 fevral 2023, 19:34

O‘zbekiston yanvarda 1,2 mlrd dollarga oltin eksport qildi. Bu umumiy eksport hajmining yarmidan ko‘pini tashkil etadi

Yanvarda O‘zbekistonning tovar ayirboshlash hajmi 42 foizga oshib, 5 mlrd dollarga yetdi. Eksportning yarmidan ko‘pi oltindan iborat bo‘lib, 1,18 mlrd dollarga qimmatbaho metall sotilgan. To‘qimachilik mahsulotlari, gaz va o‘g‘it yetkazib berish hajmi kamaygan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting